Ohangaron tumani FVB boshlig‘i Bunyod Akbarovning aholiga muojaati
2025-12-15 14:05:00 / Yangiliklar

Jumladan, 2025-yilning o‘tgan 11 oyi davomida tuman hududida jami 38 ta yong‘in sodir bo‘ldi.
Tahlillarga ko‘ra, sodir bo‘lgan yong‘inlarning 28 tasi, ya’ni 75 foizi aholi yashash xonadonlarida qayd etilgan. Yong‘inlarning kelib chiqishiga asosan fuqarolar tomonidan davlat standartidan o‘tmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan yoki qo‘lbola usulda yasalgan elektr isitish moslamalari hamda maishiy elektr jihozlaridan foydalanish sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnash holatlariga gaz jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish, dudbo‘ron, mo‘rikon va shamollatish tizimlarini isitish mavsumi boshlanishidan oldin mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazmaslik asosiy omil bo‘lib qolmoqda.
Shu munosabat bilan, siz aziz fuqarolardan quyida keltirilgan oddiy, ammo nihoyatda muhim bo‘lgan qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolaman:
• yong‘in tasodif emasligi va uning kelib chiqishiga ko‘pincha o‘zimiz sababchi bo‘lishimizni yodda tuting;
• yong‘in xavfsizligi qoidalariga doimiy amal qilishni kundalik odatga aylantiring;
• voyaga yetmagan yosh bolalarni uyda qarovsiz qoldirmang;
• gaz plitalari va boshqa gaz jihozlarining joyini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmang;
• yong‘in chiqish xavfi yuqori bo‘lgan nosoz elektr uskuna va jihozlardan foydalanmang;
• gaz jihozlarida nosozlik aniqlanganda yoki yong‘in bilan bog‘liq holatlar sodir bo‘lganda darhol 112 qisqa raqami orqali mutaxassislarga murojaat qiling.
Xavfsizlik qoidalariga amal qilish — har bir fuqaroning hayoti va sog‘lig‘ini asrash garovidir.
