Axborot tarqatishda e’tiborli bo‘lish kerak
2025-11-24 11:10:00 / Rasmiy munosabat

"Eltuz" telegram kanalida e’lon qilingan "Ohangarondan Toshkent ahliga javob" sarlavhali postda fuqaroning havo ifloslanishi haqidagi videomurojaati keltirilgan bo‘lib, unda "Mana, Olmaliqning havosi… , O‘lib qolganimiz yo‘q..." degan iboralar orqali Olmaliq shahridagi ekologiya bilan bog‘liq vaziyat tilga olingan.
Mazkur telegram kanali ushbu videomaterialni Ohangaron tumanidagi holat sifatida talqin qilmoqda.
Ohangaron tuman hokimligi rasmiy tarzda ma’lum qiladi:
Postdagi videomurojaat Olamaliq shahriga tegishli bo‘lib, undagi holatlar Ohangaron tumaniga dahldor emas.
Telegram kanali tomonidan videolavhaning manzili noto‘g‘ri ko‘rsatilgani natijasida aholi o‘rtasida turli talqinlar va tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Qolaversa, aholiga noto‘g‘ri axborot tarqatilishining oldini olish, rasmiy va ishonchli manbalarga tayanib, ma’lumot tarqatish muhim ekanini eslatib o‘tamiz.
Ohangaron tuman hokimligi ommaviy axborot vositalari va blogerlarni materiallarini tayyorlashda manzil va voqe’likka oid ma’lumotlarni to‘g‘ri keltirishga, tasdiqlanmagan axborot tarqatmaslikka chaqirib qoladi.
Ohangaron tuman hokimligi Axborot xizmati.

