Bir vatan, bir el, bir bayroq!
2025-11-18 12:40:00 / Yangiliklar
Shukuh

Ohangaron tumanida bayrog‘imiz qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan "Bir vatan, bir el, bir_bayroq!" shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumanimiz nuroniylari, faollar hamda yoshlardan iborat keng jamoatchilik tomonidan bayroq marafoni tashkil etildi.
Ohangaron tumani nuroniylari barcha yurtdoshlarimizni bugungi qutlug‘ sana bilan muborakbod etishdi.
Bayramga hamohang tarzda 5 nafar yoshga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari tantanali ravishda topshirildi.
Tumanimiz bo‘ylab bayram tantanalari davom etmoqda.









