BUTUNJAHON TURIZM KUNI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH SOHA XODIMLARI TAQDIRLANDI!!!
2025-10-04 14:30:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati hokimi o’rinbosari Mirzayev Sa’dulla Mirzayevich, Viloyat turizm boshqarmasi bo’lim boshlig’i Normamatov Komil Obidjonovich hamda Sentob turizm qishlog’idagi “Harsangi Kalon” oilaviy mehmon uyi rahbari Amonov Bekmurodlar turizm sohasidagi xizmatlari uchun "Turizm fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!
Mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov shaxsan topshirdi.


