MIGRATSIYADAN QAYTGAN YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
2025-09-18 14:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev rahbarligida tumanda mehnat migratsiyasidan qaytgan ishsiz yoshlar hamda hozirda xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari jumladan, banklar tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari, davlat grantlari va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, yoshlar va migratsiyadan qaytgan fuqarolarning har bir takliflari tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad – yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish, shuningdek tuman iqtisodiyotida faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo‘ldi.




