NUROTA TUMANIDAGI CHUYA MFY TURIZM QISHLOG‘IGA AYLANMOQDA
2025-07-04 16:45:00 / Yangiliklar

Nurota tumani Chuya mahalla fuqarolar yig‘ini hududida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda Nurota tumani hokimi A.Fayziyev “Maftunkor Nurota bog‘lari” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan kapsulali uylardan iborat dam olish maskanida bo‘lib, qishloq hududida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda Chuya MFY hududida mehmon uylari soni 10 taga yetkazilib, 10 turdagi turizm xizmatlari tashkil etilgan.
Bundan tashqari, qishloqda 40 ta kapsula va modulli turdagi mehmonxonalarni tashkil etiladi.



