Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi
2025-06-02 16:50:00 / Yangiliklar
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi” doirasida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev G2B (hukumat–biznes) formatidagi uchrashuvlar chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasining yirik kompaniyalari vakillari bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Xususan, Xitoyning Fujian provinsiyasida faoliyat yuritayotgan “Fujian Global Stone” Co. Ltd. kompaniyasi bilan granitni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu loyiha doirasida zamonaviy texnologiyalar asosida granit mahsulotlarini qayta ishlash, ichki va tashqi bozorlarga eksport qilish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, shu yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish maqsadida “Fuhua Stone” Co., Ltd. kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi hamda kompaniya vakillari yaqin kunlarda tumanda joylashgan ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan tanishish uchun tashrif buyurishga taklif etildi.


