NUROTA TUMANI HOKIMI AZAMAT FAYZIYEV XITOYLIK INVESTORNI QABUL QILDI
2025-04-29 14:00:00 / Yangiliklar
Nurota tumani hokimi A. Fayziyev Xitoy Xalq Respublikasining investorlari tomonidan tashkil etilgan “SHIJI JIANFA STONE” MChJ XK vakillarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida "Suvliq" MFY hududida granit toshlarini qazib olish hamda "Nurfaxr" MFYda ushbu toshlarni qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlik istiqbollari, investitsiya salohiyati va hududda yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.


