Matbuot anjumani press-reliz
2025-04-04 13:30:00 / Press-relizlar

Nurota tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» ning 2025-yil mavsumi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda 2024- yilda o‘tkazilgan «Besh tashabbus olimpiadasi» natijalari hamda 2025- yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan yoshlar dasturi bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek,“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-song Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida amalga oshiriladigan musobaqa va tanlovlarning o‘tkazish kunari haqida to‘xtalib o‘tildi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
