"CHUYA" MAHALLASIDA TURIZM SOHASI RIVOJLANTIRILADI
2025-04-24 15:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 14-fevralda tasdiqlangan "Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-62-sonli qaror doirasida yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Nurota tumani "Chuya" MFY aholisi, yoshlari hamda xotin-qizlari ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga oid mavjud muammo va takliflarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda tuman hokimi Azamat Fayziyev hamda hamkor korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, tadbirkorlar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning dolzarb muammo va takliflarini o‘rganish bilan birga "Chuya" qishlog'ida turizm sohasini rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli targ'ibot ishlari olib borildi.


