XORIJDA MEHNAT QILAYOTGAN TUMANDOŞLAR BILAN ONLAYN MULOQOT ÖTKAZILDI
2026-11-05 21:10:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 apreldagi «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillaştiriş hamda xorijda vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan şaxslarni qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-59-sonli Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev rahbarligida onlayn muloqot taşkil etildi.
Zoom platformasi orqali ötkazilgan muloqotda xorijiy davlatlarda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan nurotalik vatandoşlar iştirok etdi.
Suhbat davomida vatandoşlarimizning xorijdagi mehnat va yaşaş şaroitlari, ularni qiynayotgan muammolar, huquq va manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, yurtimizga qaytganidan söng bandligini taʼminlaş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi tumandoşlarning murojaat va takliflarini tinglab, bildirilgan muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli çoralar körişni belgiladi.
Asosiy maqsad — xorijda mehnat qilayotgan har bir vatandoş bilan doimiy aloqada böliş, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda zarur kömakni öz vaqtida körsatişdir.




