AMIR TEMUR MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-06 15:00:00 / Majlislar

Nurota tumani IIB boshlig‘i A.Rayxanov tomonidan Amir Temur mahallasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan muammo va masalalar, shuningdek, takliflari yuzasidan murojaat qildilar. Murojaatlarning har biri diqqat bilan tinglanib, mas’ullar ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qonuniy va adolatli hal etish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sayyor qabul davomida aholi bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, murojaatlarni joyida hal etish hamda fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


