KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
2026-10-02 10:10:00 / Majlislar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev rahbarligida Zoom platformasi orqali kambag‘allikka biriktirilgan mas’ullar, «Mahalla yettiligi» va mahalla bankirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda «Kambag‘al oilalar reyestri»ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilishini qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiya, ssuda va imtiyozli kreditlar orqali barqaror daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xatlov natijasida aniqlangan ishsiz fuqarolarni manzilli ishga joylashtirish, «Ombor kitobi» tizimi doirasidagi ishlarni sifatli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda muddati kelgan oilalarda qayta so‘rovnomalarni o‘z vaqtida o‘tkazish vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida har bir oila bilan individual ishlash, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish va aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq va qat’iy topshiriqlar berildi.


