NUROTA — 100 YILLIK TUMAN EMAS, MING YILLIK TARIX SOHIBI!
2026-09-29 10:10:00 / Yangiliklar

29-sentyabr — Nurota tumani tarixidagi muhim sana. Bundan roppa-rosa 100 yil avval Nurota tumani qayta tashkil topgan.
Nurota tumani 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan bo‘lib, u yillar davomida viloyatlar tarkibida bir necha bor o‘zgarishlarni boshdan kechirgan:
1930-yil 17-avgust – Samarqand viloyati tarkibiga kiritilgan
1982-yil – Navoiy viloyati tarkibiga o‘tgan
1988-yil – Yana Samarqand viloyati tarkibida
1992-yil mart – Qaytadan Navoiy viloyati tarkibiga kiritilgan.
Ammo Nurotaning tarixi bu sanadan ancha oldin boshlangan.
Asrlar qa’ridan kelayotgan Nurota — qadimiy sivilizatsiya izlari, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va boy madaniy merosni o‘zida mujassam etgan maskan. Uning tarixi shu qadar qadimiyki, Nurota Buxoro kabi Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlari bilan tengdosh, ayrim tarixiy manbalarda esa undan ham qadimiy maskan sifatida tilga olinadi.
Chashma, Nur qal’asi, qadimiy ziyoratgohlar, betakror tabiat va asrlar davomida shakllangan hunarmandchilik an’analari — Nurotaning o‘ziga xos tarixiy qiyofasini belgilab kelmoqda.
100 yil — tumanning zamonaviy ma’muriy tarixidagi muhim bosqich.
Nurotaning asl yoshi esa — asrlar qa’rida.
Bugun esa bu qadimiy zamin tarix va zamonaviy taraqqiyot uyg‘unlashgan, yangi qiyofaga ega bo‘layotgan maskanga aylanmoqda.
Nurota tumani tashkil topganining 100 yilligi muborak bo‘lsin!
