9 OYLIK TAHLIL: JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
2026-09-28 14:05:00 / Majlislar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev raisligida tuman IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika katta inspektorlari faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son hamda 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarorlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida tumanda sodir etilgan jinoyatlar atroflicha tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlari muhokama qilindi. Jinoyatchilikning oldini olishda mahallabay ishlash samaradorligini oshirish, muammoli hududlar va oilalarni manzilli nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishda profilaktika inspektorlariga hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi.
Belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning shaxsiy javobgarligi qayd etilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni sust tashkil etishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.




