NUROTADA “NAQSHLAR VA NURLAR” MILLIY KASHTACHILIK MARKAZI QURILISHIGA START BERILDI
2026-09-23 11:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi tuman — “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida navbatdagi muhim loyiha — “Naqshlar va nurlar” milliy kashtachilik markazi qurilishiga start berildi.
Mazkur loyiha 14,4 mlrd. so‘m mablag‘ — Respublika AT “Xalq banki” mablag‘lari evaziga bunyod etilmoqda.
Tuman hokimi Azamat Fayziyev hamda mas’ul mutasaddilar ishtirokida markaz quriladigan hududda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur markazda Nurotaning boy kashtachilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, mahalliy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etish hamda sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Markazda hunarmandlar faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilishi, milliy kashtachilik namunalari keng targ‘ib qilinishi va sayyohlar uchun o‘ziga xos hunarmandchilik maskani shakllantirilishi rejalashtirilgan.
“Naqshlar va nurlar” milliy kashtachilik markazi Nurotaning milliy hunarmandchilik salohiyatini namoyon etuvchi, sayyohlarni jalb qiluvchi va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiluvchi zamonaviy maskanlardan biriga aylanadi.





