SO‘ROVNOMA
2026-09-17 11:35:00 / Yangiliklar
KORIZLAR HUDUDINING KELAJAGI BO‘YICHA FIKRINGIZ MUHIM!

Nurota tumanidagi 2 300 yillik tarixga ega qadimiy suv o‘tkazish inshooti — Korizlar hududi bo‘yicha master reja loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Hududning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, turizm salohiyatidan samarali foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratishda jamoatchilikning fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega.
Siz Korizlar hududining kelajakdagi qiyofasini qanday tasavvur qilasiz?
Master reja loyihasi bo‘yicha o‘z fikr va takliflaringizni quyidagi so‘rovnoma orqali bildiring:
👉 SO‘ROVNOMA:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScerrpywP0Ah4RyuPq2kgunJ-nYrTRp5QmFj85hkoxZivNInw/viewform
Sizning fikringiz muhim!





