BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ! — NUROTADA “MA’RIFAT KARVONI”
2026-09-17 11:15:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimligi binosida hududiy targ‘ibotchilar ishtirokida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tantanasidagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Shuningdek, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuq va natijalar hamda kelgusidagi ustuvor maqsad va vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar mamlakat taraqqiyotida fuqarolik faolligini yanada oshirish, jamiyatda bunyodkorlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga chaqirildi.





