MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA QILINIB, MAS’ULLARGA ANIQ TOPSHIRIQLAR BERILDI
2026-08-24 11:35:00 / Majlislar

Nurota tumani hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Azamat Fayziyev, viloyat hokimi o‘rinbosari Sa’dulla Mirzayev hamda mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan bir qator yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Xususan, ijro intizomi, nazoratdagi hujjatlar va avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallabay ishlash tizimi, Bandlik dasturi ijrosi, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim muassasalarining mavsumga shayligi hamda kelgusidagi vazifalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, qurilish va investitsiya loyihalari, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman”, og‘ir toifadagi mahallalar, “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasidagi ishlar hamda energiya resurslarini tejash masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga tayyorlash, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorliklarni kamaytirish masalalari ham o‘rin oldi.
Yakunida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik, bayram arafasida foydalanishga topshiriladigan obyektlar hamda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining holati ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi nazoratga olindi.





