SENTOBDA YO‘L INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA
2026-08-19 09:35:00 / Yangiliklar

“Sentob” MFY hududini tuman markazi bilan bog‘lovchi yo‘llarni asfaltlash, mahallaga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, shuningdek, aholi va tadbirkorlarning talab-istaklarini inobatga olgan holda ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, “Nurota tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan sel yo‘liga 2×2 metr o‘lchamdagi ikki qator suv o‘tkazuvchi quvurlar o‘rnatildi. Shuningdek, jami 4,25 kilometr avtomobil yo‘liga asfalt qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar uning 3,4 kilometri asfaltlandi.
Mazkur ishlar natijasida hududdagi transport qatnovi uchun qulaylik yaratilishi, yo‘llarning foydalanish holati yaxshilanishi hamda aholi va sayyohlar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyati ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.



