MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA XAVFSIZLIK CHORALARI O‘RGANILDI
2026-08-18 10:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayramini betalofat va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Navoiy viloyati IIB boshlig‘i A. Tasbayev, Nurota tumani hokimi A. Fayziyev hamda tegishli korxona va muassasalar rahbarlari ishtirokida Nurota tumanida xavfsizlikni ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini saqlash, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, sanitariya-obodonlashtirish ishlarini yakunlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga bayram tadbirlarini xavfsiz va tartibli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



