OBODLIK – BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ
2026-08-06 10:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
📍 "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida Nurota tumanida ham hududlarni obod va ozoda saqlash, markaziy ko‘chalar hamda jamoat maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish va estetik qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev hamda Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari Sa’dulla Mirzayev tumanga kirish qismida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganishlar davomida yo‘l bo‘ylaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalari hamda ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
✅ Shuningdek, hududda yagona tartibni ta’minlash, savdo obyektlari atrofining ozodaligini saqlash hamda piyodalar va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


