Navoiy — 2030: Viloyatning yangi taraqqiyot strategiyasi maqullandi
2026-08-05 10:15:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati xalq deputatlari Kengashi sessiyasida viloyatni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi («Navoiy – 2030») loyihasi muhokama qilindi.
🗂Asosiy raqamlar va erishilgan marralar (2025 yil yakunlari):
Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) — 13,4 mlrd dollar;
Aholi jon boshiga YAHM — 12 ming dollar;
Yillik iqtisodiy o‘sish sur’ati — 7–8%.
🏆 2030 yilgacha belgilangan asosiy maqsadlar:
Iqtisodiyot: YAHM hajmini 1,9 baravar oshirib, 25,8 mlrd dollarga, aholi jon boshiga ko‘rsatkichni esa 21,5 ming dollarga yetkazish.
Sanoat va xizmatlar: To‘qimachilik va qurilish materiallaridan tortib raqamli xizmatlargacha rivojlantirish orqali sanoatni 2,5 baravarga, xizmatlarni 2,2 baravarga oshirish.
Eksport: Eksport hajmini 2,3 mlrd dollarga va geografik qamrovni 80 ta davlatga yetkazish (mahsulot turlari kamida 400 taga yetkaziladi).
Aholi farovonligi: Kambag‘allikni «nol» darajaga tushirish va ishsizlikni 2% gacha kamaytirish.
Infratuzilma: 2 088 km yo‘l qurish va ta’mirlash, urbanizatsiya darajasini 57,1% ga yetkazish va toza ichimlik suvi ta’minotini 91% ga yetkazish.
Ekologiya va «yashil» iqtisodiyot: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 1,8 ming MVtga yetkazish, 70,5 mln tup daraxt ekish hamda o‘rmon maydonlarini 63 ming gektarga kengaytirish.
📈 Ijro va monitoring:
Strategiya doirasida har bir tuman uchun muammolar va rivojlanish drayverlarini aks ettiruvchi «hududiy pasport» shakllantiriladi. Ijro jarayoni raqamli platformalar orqali «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarda monitoring qilib boriladi.
«Navoiy – 2030» strategiyasi — viloyatimizning 1 milliondan ortiq aholisi farovonligi va hudud iqtisodiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.




