30 million dollarlik loyiha: Nurotada zamonaviy granit ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi
2026-07-31 10:10:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev Xitoyning Zhong Lei Mining MChJ xorijiy korxonasi ta'sischilari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot davomida qiymati 30 million AQSH dollari bo'lgan granitni qazib olish va qayta ishlash loyihasining amalga oshirilish jarayoni, qurilish ishlari hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.
Loyiha doirasida korxonaga tumanning Istiqlol mahallasidagi "Nurota granit parki" kichik sanoat zonasi hududidan granitni qayta ishlash zavodi qurish uchun 6,2 gektar, Suvliq mahallasi hududidan esa granit qazib olish faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 10 gektar yer maydoni auksion orqali ajratilgan bo‘lib, yangi ish o'rinlari yaratilishi hamda hududning eksport salohiyati yanada oshirilishi kutilmoqda.


