NUROTADA ZAMONAVIY ISTIROHAT MASKANI BUNYOD ETILMOQDA
2026-07-26 14:30:00 / Yangiliklar

"Yangi O‘zbekiston" qiyofasidagi Nurota tumanida aholi uchun yanada qulay va zamonaviy muhit yaratish maqsadida obodonlashtirish hamda bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, tuman markazida joylashgan istirohat bog‘i zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinib, fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Shuningdek, hududda piyodalar uchun zamonaviy salomatlik yo‘lakchalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, Milliy bog‘ hududidagi favvoralarni kapital ta’mirlash va qayta tiklash ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar Nurotaning zamonaviy qiyofasini yanada yuksaltirish, aholi va mehmonlar uchun shinam, ko‘rkam hamda zamonaviy dam olish maskanini shakllantirishga xizmat qiladi.





