“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-07-23 17:30:00 / Yangiliklar

“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Nurota tumanida qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari Ravshan Namazov, Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Shokirjon Sadinov shuningdek, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni agrar tarmoqqa keng jalb etish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.




