Xalqaro ekspertlar Nurota tumanining rivojlanish istiqbollarini o‘rgandi
2026-07-20 08:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” hamda “O‘zbekistonda yashash uchun qulay va barqaror shaharlar” dasturlari doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Azamat Fayziyev xalqaro konsultantlar bilan muzokaralar olib borib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud infratuzilma holati va hududni kompleks rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Muloqot davomida zamonaviy shaharsozlik yechimlarini joriy etish, infratuzilmani takomillashtirish, hududning investitsion jozibadorligini oshirish hamda fazoviy rivojlanish rejalari va master-rejalarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur hamkorlik hududning barqaror rivojlanishi, aholining yashash sifati va investitsion salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


