MIB tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-15 17:30:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Nurota tumani bo‘limi boshlig‘i Sh. Boboyev tomonidan Nurota tumani Alisher Navoiy MFY binosida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning dolzarb masalalari tinglanib, har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ijrosi talab etilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


