Tungi Nurota — bunyodkorlik va tarovat uyg‘unligi
2026-07-15 10:10:00 / Yangiliklar

"Yangi O‘zbekiston" bunyodkorlik g‘oyalari asosida Nurota tumani tobora yangicha qiyofa kasb etmoqda. Ayniqsa, tungi Nurota o‘zining yorug‘ va shinam ko‘chalari, salqin bog‘ va xiyobonlari, jilolanib turgan favvoralari, zamonaviy sayilgohlari hamda ko‘ngilochar maskanlari bilan aholi va mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat ulashmoqda.
Tungi chiroqlar yog‘dusida sayr qilayotgan oilalar, yoshlar va nuroniylarning yuzidagi mamnunlik, shahar hayotidagi o‘zgarishlarning yaqqol ifodasidir.
Tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ana shunday go‘zal muhitni yanada boyitishga xizmat qilmoqda. Xususan, Alisher Navoiy va Saidato mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida joylashgan "Chashma" tarixiy-me'moriy ziyoratgohiga olib boruvchi S.Siddiqov hamda A.Temur ko‘chalarida zamonaviy salomatlik yo‘lakchalari barpo etilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, ziyoratchilar hamda mahalliy aholi uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, hududning obod va fayzli qiyofasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Bugun Nurota nafaqat o‘zining boy tarixiy merosi va muqaddas ziyoratgohlari, balki zamonaviy bunyodkorlik ishlari, salqin maskanlari, jozibali favvoralari, obod ko‘chalari va maftunkor tungi manzaralari bilan ham barchani o‘ziga rom etmoqda.



