Nurota tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi
2026-07-13 09:00:00 / Majlislar

Nurota tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati atroflicha tahlil qilinib, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kengaytirilgan muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman hokimi Azamat Fayziyev, Navoiy viloyati prokuraturasi bo‘limi boshlig‘i Sohib Jumayev, tuman prokurori Normurat Avazov hamda tuman IIB boshlig‘i Aristangali Rayxanov ishtirok etdi.
Tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda aholini ijtimoiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi. Mas’ullarning faoliyati yuzasidan aniq xulosalar chiqarilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda profilaktika ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.


