Ijro ishlarida 20 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
2026-06-25 14:15:00 / Yangiliklar

So‘ngi yillarda mamlakatimizda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hususan, joriy yilning o‘tgan davrida bo‘lim tomonidan 57 mlrd. 662 mln so‘mlik 5 246 taga yaqin ijro hujjatlari bo‘yicha yakuniy qarorlar qabul qilinib, shundan 2 552 ta ijro ishlari bo‘yicha amalda 20 mlrd. 88 mln so‘m mablag‘lar undirilgan.
Mazkur amalga oshirilgan tadbirlar natijasida davlat foydasiga 2,6 mlrd. so‘m, tijorat banklari foydasiga 1,5 mlrd. so‘m, yuridik shaxslar foydasigaga 2,3 mlrd. so‘m, fuqarolarga 989 mln. so‘m pul mablag‘lari undirib berilgan.
Shuningdek, bo‘lim ish yurituvida kommunal tashkilotlar foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib ta’minotchi korxonalar bilan birgalikda ishlar tashkil qilinib, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti korxonalari foydasiga qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari yuzasidan joriy yilning o‘tgan davrida 160 mln. 900 ming so‘mlik 7 ta tabiy gaz, 24 mln 255 ming so‘mlik 9 ta ichimlik suvi, 11 mln so‘mlik 4 ta issiqlik taminot korxonasi foydasiga hamda 781 mln. 100 ming so‘mlik 21 ta elektr energiya foydasiga ijro hujjatlari Qonunning tegishli moddalariga asosan ish yurituvdan tamomlanishiga erishildi.
