“Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Dehibalandda o‘zgarishlar davom etmoqda
2026-06-24 10:05:00 / Yangiliklar

Dehibaland mahallasi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi namunaviy mahalla sifatida tanlanib, hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Azamat Fayziyev mahallada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida mahallaning yanada ko‘rkam va zamonaviy qiyofasini shakllantirish maqsadida Dehibaland hududidagi yo‘l bo‘yida joylashgan aholi xonadonlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash, fasadlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.



