HAR BIR TADBIRKOR – YURT TARAQQIYOTINING KUCHLI TAYANCHI
2026-06-23 11:00:00 / O‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar

❗️Nurota tumani tadbirkorlari diqqatiga!!
🩶 24-iyun soat 11:00 da Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, tuman prokurori va DSI boshliqlari, hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkaziladi.
↪️Mazkur uchrashuvda tadbirkorlik sub’yektlarining muammolari va takliflari tinglanadi, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilanishi rejalashtirilgan.
↪️Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha fuqarolarni ushbu muloqotda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
📍Manzil: Nurota tumani Agrobank ATB binosi
