MUAMMOLAR TAHLIL QILINDI, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR YUKLATILDI
2026-06-15 12:45:00 / Majlislar

Nurota tumani hokimligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Azamat Fayziyev hamda daromadi past oilalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, ijro intizomini mustahkamlash, edo.ijro.uz tizimidagi nazorat hujjatlari, avvalgi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida investitsiya loyihalari, “Tashabbusli byudjet”, Islom taraqqiyot jamg‘armasi obyektlari, “Drayver” loyihalari, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturlari, shuningdek, og‘ir toifadagi hududlar va mahallalarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ijrosi tahlil qilindi.
Kun tartibida qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni ijrosini tashkil etish hamda hududlarda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.
Bundan tashqari, Prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi PF–258-son Farmoni asosida “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi oilalarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, “Ish bering” kanali murojaatlari hamda migrantlar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda PQ–430-son va PQ–58-son qarorlari ijrosi, shuningdek, viloyat, shahar va tuman xalq deputatlari Kengashlari faoliyatiga oid topshiriqlar ijrosi ham batafsil tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida masalalar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


