DXX kubogi musobaqalarining Nurota tumani bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
2026-06-15 09:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan DXX kubogi musobaqalarining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Azamat Fayziyev, DXXning tuman bo‘limi boshlig‘i A.Bo‘riyev, tuman prokurori N.Avazov, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
⚽️ Musobaqalarda tumandagi 28 ta mahalladan 1 200 nafardan ortiq futbolsevar yoshlar faol qatnashdi.
📌 Tuman bosqichi yakunlariga ko‘ra, 108 nafar yoshlar g‘olib va sovrindor sifatida e’tirof etilib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🏆 G‘oliblar bilan tanishing:
⚽️ Mini futbol (qizlar)
🥇 1-o‘rin — 1-sektor qizlar jamoasi
🥈 2-o‘rin — 2-sektor qizlar jamoasi
🥉 3-o‘rin — 4-sektor qizlar jamoasi
⚽️ Mini futbol (o‘g‘il bolalar)
🥇 1-o‘rin — “Mirishkor” mahallasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Yangihayot” mahallasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Jarma” mahallasi jamoasi
⚽️ Katta futbol (o‘g‘il bolalar)
🥇 1-o‘rin — “Saydato” mahallasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Yangihayot” mahallasi jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Oqmachit” mahallasi jamoasi
🎯 Shuningdek, musobaqalarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
👏 G‘olib va sovrindor yoshlarni muborakbod etamiz hamda viloyat bosqichida omad tilaymiz!




