RAVON YO‘LLAR — FAROVON HAYOT MEZONI
2026-06-12 10:05:00 / Yangiliklar

“Yangi Oʻzbekiston” qiyofasidagi namunali tuman maqomi berilgan Nurota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi 298-son qaroriga muvofiq, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yigʻinida 3 km ichki xoʻjalik yoʻllarini tartibga keltirish hamda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.


