NUROTA TUMANIDA DIDAKTIK O‘YINLAR FESTIVALI O‘TKAZILDI
2026-06-09 15:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tuman tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” ko‘rik-tanlovi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” o‘tkazildi.
Tadbirda Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev ishtirok etib, festival qatnashchilari tomonidan yaratilgan ijodiy qo‘l ishlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ishtirokchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat va barkamollik tiladi.
Ahamiyatli jihatlardan biri sifatida, tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida 600 million so‘mlik vaucher topshirildi.
🏆 “O‘yinga asoslangan ta’lim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik o‘yinlar festivali” natijalariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 5-DMTT jamoasi
🥈 2-o‘rin — 7-DMTT jamoasi
🥉 3-o‘rin — 8-DMTT jamoasi
🏅 “Eng namunali direktor” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:
🥇 1-o‘rin — 6-DMTT direktori Achilova Dildora
🥈 2-o‘rin — 7-DMTT direktori Hasanova Dilnoza
🥉 3-o‘rin — 1-DMTT direktori Mansurova Muattar



