1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
2026-06-01 09:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Aziz bolajonlar!
Sizlarni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
Farzandlar — jamiyatimizning bebaho boyligi, yurtimiz kelajagi va ertangi kunimiz egalaridir. Ularning sog‘lom, bilimli, ma’naviy yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishi doimo e’tiborimiz markazidadir.
Bugungi kunda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Nurota tumanida ham bolalarning har tomonlama kamol topishi, sport, ta’lim va ijodga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Aziz bolajonlar! Sizlar — Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagisiz. Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxtli bolalik, ulkan yutuq va zafarlar tilayman.
Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Azamat Fayziyev
Nurota tumani hokimi
