DЕHIBALAND — Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla
2026-05-20 14:35:00 / Yangiliklar

📌Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota tumanining “Dehibaland” mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari va infratuzilmaviy loyihalarning borishi bilan tanishdi.
🥺Bugungi kunda mahallada umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
➡️Mazkur loyihalar Yangi O‘zbekistonda inson qadri va mahalla tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, aholi uchun yanada qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
🔵Loyihalar doirasida chashma bulog‘i atrofi obodonlashtirilib, zamonaviy jamoat parki barpo etilmoqda. “Dehibaland” MFY hamda oilaviy shifokorlik punkti binolari kapital ta’mirlanmoqda. D–191 (4R57) avtomobil yo‘lining 44–46 kilometr qismi bo‘ylab manzarali daraxtlar ekish hamda sug‘orish infratuzilmasini yaratish ishlari olib borilmoqda. Mahalla hududidagi 1 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda.
🟡Amalga oshirilayotgan ishlar mahallaning tashqi qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholi uchun yanada obod, fayzli va qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
😕Bugun “Dehibaland” mahallasidagi bunyodkorlik ishlari Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi zamonaviy mahallaning yorqin namunasiga aylanmoqda.


