Avtotransport vositasi auksionga chiqarildi
2026-04-20 14:55:00 / e'lonlar

Majburiy ijro byurosi Nurota tuman bo‘limi ish yurituvida tijorat banklari foydasiga 761 ta, jami 5 mlrd 68 mln so‘mlik ijro hujjatlaridan 555 tasi, ya’ni 3 mlrd 307 mln so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, ish yurituvdan tamomlandi.
Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 15 ta, 1 mlrd 800 mln so‘mlik mol-mulklar xatlab olinib, onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Jumladan, Buxoro tumanlararo sudining 19.12.2025 yildagi qaroriga asosan qarzdor Sh.R.dan “Kapitalbank” AJ foydasiga 92 312 122 so‘m asosiy qarzdorlik undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati asosida taraflar o‘rtasida 100 320 000 so‘mga baholangan, qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki — 2018 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli, “Nexia 3” rusumli avtotransport vositasiga undirish qaratilgan.
Ijro harakatlari davomida mazkur transport vositasi belgilangan tartibda xatlab olinib, auksion savdosiga chiqarildi.
Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
