Yangi Oʻzbekistonning ijodkor yoshlari
2026-04-13 13:50:00 / Matbuot anjumanlari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik Akmal Nur rahbarligidagi bir guruh akademik rassomlar hamda ijodiy guruh a’zolari Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdilar.
Jarayon davomida “Yangi Oʻzbekistonning ijodkor yoshlari” mavzusidagi “Ustoz–shogird” ijodiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar o‘quvchilarning rangtasvir va grafika yo‘nalishidagi ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishib, yosh rassomlarning iste’dodi va izlanishlarini yuqori baholadilar.
Shuningdek, uchrashuv yakunida ijodkorlar o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z ijodiy tajribalari va san’atdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Mazkur uchrashuv yosh ijodkorlar uchun katta ilhom va motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.






