NUROTADA IJODIY TASHRIF: 🎨 RASSOMLAR “CHASHMA” MAJMUASIDA
2026-04-11 11:35:00 / Yangiliklar

🖌Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, akademik Akmal Nur rahbarligidagi bir guruh akademik rassomlar hamda ijodiy guruh aʼzolari Nurota tumaniga tashrif buyurishdi.
🏛 Dastlab mehmonlar tuman hokimi A. Fayziyev hamrohligida "Chashma" majmuasini ziyorat qilib, ushbu tarixiy-meʼmoriy majmua hududida olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari bilan tanishishdi.
🖌 Jarayon davomida ijodkorlar majmuaning boy tarixiy merosi, betakror meʼmoriy qiyofasi hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash shuningdek, uni keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.




