Nurotalik nuroniylar Imom Buxoriy majmuasiga ziyorat qilishdi
2026-04-09 19:30:00 / Yangiliklar

Ushbu safari davomida ular Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan ushbu muqaddas qadamjoda bo‘lib, hadis ilmining buyuk namoyondasi Imom Buxoriy ruhiga bag‘ishlab duo qilishdi hamda Qur’on tilovat etildi.
Ziyorat davomida nuroniylarga majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ayniqsa, ushbu muqaddas maskanni yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirish borasida yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilgan loyihalar alohida e'tirof etildi.
Qayd etilganidek, majmua hozirgi kunda nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodan kelayotgan ziyoratchilar uchun xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan darajada qayta barpo etilgan. Bu yerda zamonaviy infratuzilma, qulay yo‘laklar, mehmonlar uchun dam olish joylari va ibodat qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Nuroniylar ushbu o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ular bu kabi ezgu ishlar yurtimizda muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga munosib holda yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.





