Payshanba — yoshlar kuni
2026-03-26 11:35:00 / Yangiliklar

“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev tumanda asalarichilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida ularni ijobiy hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur loyiha doirasida PQ-62-sonli qaror asosida asalarichilik faoliyatini rivojlantirish uchun “Aloqabank” tomonidan 60 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan. Natijada, bugungi kunda 3 nafar yoshning bandligi ta’minlanib, asalari oilalari soni 50 taga yetkazilgan.
Yosh tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha nafaqat bandlikni ta’minlash, balki hududda asalarichilik sohasini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.



