“TUMAN HOKIMI OLIMPIADASI”GA START BERILDI
2026-03-24 10:35:00 / Yangiliklar

24-martdan boshlab yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” musobaqalarining ilk bosqichi — “Tuman hokimi Olimpiadasi”ga rasman start berildi.
Tantanali ochilish marosimida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev ishtirok etib, yosh sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur bosqich musobaqalarning eng muhim saralash jarayonlaridan biri bo‘lib, unda iqtidorli hamda istiqbolli sportchilar aniqlanadi va keyingi — viloyat hamda respublika bosqichlariga yo‘llanma oladi. Bellashuvlar mart–aprel oylarida bo‘lib o‘tadi hamda 13 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi.
Ushbu bellashuvlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kelajak chempionlarini kashf etishga xizmat qiladi.





