MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
2026-03-21 21:40:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Hurmatli mahalla tizimi fidoyilari!
Sizlarni 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yurtimizda 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilinishi bejiz emas. Zero, mahalla — bu xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin va ishonchli ko‘prikdir.
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Mahalla — bu faqat hududiy birlik emas, balki inson qadri ulug‘lanadigan, aholi muammolari hal etiladigan, jamiyat tayanchi bo‘lgan muhim maskandir.”
Darhaqiqat, siz azizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli mahallalarda tinchlik, hamjihatlik va mehr-oqibat muhiti mustahkamlanmoqda. Har bir xonadonning dardi bilan yashab, xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotganingiz alohida e’tirofga loyiqdir.
Bugungi kunda sizlarning zimmaningizdagi mas’uliyat yanada ortib, mahallalarni obod qilish, aholining muammolarini joyida hal etish, yoshlarni tarbiyalash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishda beqiyos xizmat qilmoqdasiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Tuman hokimi
Azamat Ismatovich Fayziyev
