NAVRO‘Z BAYRAMI TABRIGI
2026-03-21 08:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar, aziz mehmonlar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal va betakror ayyomi, tabiatning uyg‘onishi va yangilanish ramzi bo‘lgan ulug‘ bayram — Navro‘z munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangilanish jarayonlari zamirida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bormoqda. Ana shunday ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan Navro‘z ayyomi bugungi kunda yurtimizning barcha hududlarida umumxalq sayli sifatida, yuksak tashkiliy saviya va ko‘tarinki ruhda keng nishonlanmoqda.
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari inson qadrini yuksaltirish, jamiyatda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navro‘z azaldan xalqimizning eng ulug‘ va ardoqli qadriyatlaridan biri bo‘lib, unda mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va ahillik kabi ezgu fazilatlar mujassamdir. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayz-u baraka, quvonch va shodlik olib kiradi.
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari hamda xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar barchamizni yanada birlashtirib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlamoqda.
Navro‘z ayyomi asrlar davomida xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, tabiatga hurmat, mehnatsevarlik va bag‘rikenglik kabi yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan. Bugungi kunda esa ushbu bayram Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ruhi bilan uyg‘unlashib, yanada mazmunli va keng qamrovli tus olmoqda.
Bayram tadbirlari doirasida joylarda milliy xalq o‘yinlari, qadimiy urf-odat va an’analar namoyishi, madaniy-ma’rifiy dasturlar tashkil etilmoqda. Bu esa yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, ushbu fayzli kunlarda nuroniylar holidan xabar olish, ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish, obodonlashtirish va hashar ishlarini amalga oshirish kabi xayrli ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aziz tumandoshlar!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan ezgu va xayrli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Yurtimiz osmoni doimo musaffo, qalblarimiz mehr-oqibatga to‘la bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
