AYOL — GO‘ZALLIK VA SADOQAT TIMSOLI, MILLAT TAYANCHI
2026-03-07 12:50:00 / Yangiliklar

🌷 Nurota tumani Madaniyat markazi binosida 8-mart – "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Azamat Fayziyev, korxona va tashkilot rahbarlari, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, shuningdek, faxriy onaxonlar ishtirok etishdi.
Tadbirda avvalida tuman hokimi Azamat Fayziyev soʻzga chiqib, barcha muhtarama onaxonlar, hamda xotin-qizlarni samimiy tabrikladi.
🌷 Tuman hokimi bayram tabrigi so‘zida ayollarning jamiyat hayoti, iqtisodiy va madaniy rivojiga qo‘shgan hissalari alohida ta’kidlanib, ularga sog‘lik, baxt va farovonlik tiladi.
Shuningdek, tadbir davomida tumanimizda turli sohalarda fidokorona faoliyat olib borayotgan faol va namunali ayollarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
💐 Bayram dasturida Madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari va sozandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda barcha opa-singillar va muhtarama onaxonlarni oʻyinga chorladi.




