Nurotada bayram shukuhi davom etmoqda
2026-03-07 15:35:00 / Yangiliklar

🌷 Nurota tumani hokimligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman ravnaqi yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev barcha faol xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, tashabbuskorligi va fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.
🌷 Shuningdek, tadbir davomida faol va tashabbuskor loyiha egalari ham rag‘batlantirilib, ularga maxsus vaucherlar topshirildi.
Mazkur tashabbus xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
