YANGI SUV INSHOOTLARI AHOLINI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA’MINLAYDI
2026-03-10 14:35:00 / Yangiliklar

Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev “Temirqovuq” MFY hududida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Loyiha doirasida hududda 200 metr chuqurlikdagi 5 ta ichimlik suvi qudug‘ini qazish, har bir quduq yonida 40 tonna sig‘imga ega suv inshootlarini barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, barpo etilayotgan suv inshootlaridan aholi xonadonlariga ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, ichimlik suvi quduqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida quvvati 5 kilovatt bo‘lgan kichik quyosh elektr stansiyasini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Jarayon davomida tuman hokimi olib borilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratib, mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.



